Skip to content

Doim o'zgaradigan qoidalar - nosog'lom muhit belgisi

Chop etilgan: at 11:57

Bugungi ish bozorida ko‘plab odamlar shikoyat qiladigan asosiy muammolardan biri - barqarorlikning yo‘qligi. Ko‘pincha kompaniyalar xodimlardan sadoqat, mas’uliyat va yuqori natija talab qilishadi, ammo o‘zlari asosiy narsani – aniq qoidalar va barqaror tizimni ta’minlashmaydi.

Tasavvur qiling: bugun sizdan bir ishni talab qilishadi, ertaga esa aynan o‘sha ishni bajarish noto‘g‘ri deb hisoblashadi. Bir kuni qabul qilingan qarorlar ertasi kuni butunlay bekor qilinadi. Xodim esa o‘zini “doimo noto‘g‘ri qilayotgan” odamdek his qiladi.

Bu narsa nafaqat ish unumdorligiga, balki ruhiy salomatlikka ham salbiy ta’sir qiladi. Chunki inson uchun eng muhim narsa - aniqlik va adolatli tizim. Agar qoidalar tez-tez o‘zgaraversa:

Nosog‘lom kompaniya belgisi - qoidalar va qadriyatlar faqat shior sifatida mavjud bo‘lib, amalda esa har kuni boshqa yo‘l tutishidir. Sog‘lom ish muhiti esa boshqacha: u yerda xodim qayerga qarab yurayotganini biladi. Qoidalar shunchaki majburiyat emas, balki yo‘l xaritasi bo‘lib xizmat qiladi. Qoidalar barqaror bo‘lsa, odam o‘zini xavfsiz his qiladi, ishonch ortadi, mehnat unumdorligi ko‘tariladi.

Xulosa

Siz ishlayotgan joyda qoidalar tez-tez o‘zgaradimi? Har kuni boshqa talab qo‘yiladimi? Unda vaqtni boy bermay, o‘ylab ko‘ring – balki bu muammo sizda emas, balki kompaniya madaniyatida. Chunki sog‘lom kompaniya – barqaror qoidalarga ega kompaniya.


Keyingi maqola
Blog yozish menga nimalarni o‘rgatdi?