Texnologiya bizni uzoq yillardan beri avtomatlashtirish sari yetaklab kelmoqda. Avval ishchilarni, keyin xizmat ko‘rsatishni, endi esa… dasturlashni ham avtomatlashtirib qo‘ydi.
Ha, endi kod yozish uchun dasturchi ham doimiy ishtirok etishi shart emas. Chunki kod… o‘zini o‘zi yozmoqda.
Bir vaqtlar…
Dasturlash og‘ir edi. Har bir kod satri — qo‘l mehnati. Har bir loyiha — noldan yoziladigan murakkab tizim.
- VS Code yo‘q edi.
- Stack Overflow yangi chiqqan.
- Google’da muammo topish — baxt.
- Har bir funksiya — dard bilan yozilgan.
Ammo keyin…
Avtomatlashtirish boshlanadi
Frameworklar, kutubxonalar, paketlar — bular kodni qisqartirdi. Linter, debugger, testlar — xatoni tezda topdi.
Shu bilan kod yozish tezlashdi. Lekin hali hamma ishni inson bajarardi.
Kod yozadigan kodlar paydo bo‘ldi
2021-yildan boshlab barchasi o‘zgardi. GitHub Copilot, ChatGPT, Amazon CodeWhisperer, Tabnine — bular kodni faqat taklif qilmaydi, balki tushunadi va yozadi.
- Siz funktsiya nomini yozsangiz, u butun funksiyani to‘ldiradi.
- Siz
// Create login function
deb koment yozsangiz, u kodni yozib beradi. - Siz tizim arxitekturasini aytsangiz, u butun fayl strukturani yaratadi.
Avval bu — “yordamchi” edi. Endi esa — hamkasb.
Kod yozish — asosiy skill emasmi endi?
Bu savol ko‘pchilikni xavotirga solmoqda. “AI kod yozayotgan bo‘lsa, men nima qilaman?” Javob oddiy: kod yozish endi yetarli emas.
Chunki AI kod yozishni o‘rganib bo‘ldi. Ammo u hali fikrlay olmaydi.
Endi dasturchi kim?
Yangi zamonda dasturchi:
- kod yozadigan emas,
- muammo yechadigan,
- fikr yuritadigan,
- arxitektura o‘ylaydigan,
- foydalanuvchi uchun mukammal tizim loyihalaydigan insondir.
Sizga kod emas, qaror qabul qilish qobiliyati kerak bo‘ladi.
Kelajakda nima bo‘ladi?
Keling, tasavvur qilaylik:
Siz AIga shunchaki aytasiz:
Menga kurs sotish platformasi kerak. Admin panel bo‘lsin, to‘lov tizimi qo‘shilsin, foydalanuvchilar darslarga yozilsin. Dizayn minimalist bo‘lsin, tili esa o‘zbekcha.
AI:
- Figma’da dizayn yaratadi
- React va Node.js’da kod yozadi
- Firebase yoki PostgreSQL ulaydi
- Testlar yozadi
vercel'ga deploy
qiladi- Va sizga: “Tayyor! Link bu.” deb yuboradi.
Bu orzumi? Yo‘q. Prototiplari allaqachon bor. Faqat ommaviylashishi bir-ikki yil masala, xolos.
Xulosa: Insonsiz kod yozish mumkin, lekin maqsadsiz kod emas
Kod yozish — bu endi oddiy vosita. Asl kuch — maqsadni belgilashda. Kelajakda AI bajaradi, inson yo‘naltiradi.
Shuning uchun:
- Kod yozishni o‘rganing — lekin unga qaram bo‘lmang.
- Fikr yuritishni mashq qiling.
- Muammolarni aniqlang.
- Yechimlar o‘ylab toping.
Zero, dasturlash o‘zini avtomatlashtirdi. Endi navbat sizning fikringizda.